Xotira va qadrlash kuni
09.05.2022 Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
Aloqachilar kasb bayrami!
07.05.2022-
7 – may "Aloqachilar kasb bayrami kuni" sifatida keng nishonlaniladi. Aloqachilar kasb bayramini nishonlash uchun ushbu sana bejiz tanlanmagan. Maʼlumki, 1895 yil 7 may kuni Aleksandr Popov birinchi radiopriyomnikni loyihalashtirdi va simsiz aloqa asosida birinchi seansni amalga oshirdi. Ushbu sana yillar davomida aloqachilar kasb bayramini nishonlanishiga asos boʼldi.
Shu munosabat bilan, “Matbuot tarqatuvchi” AK aksiyadorlari va mehnat jamoasi yurtimizda aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan soha mutaxassislarini chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
05.05.2022
Ezgulik, shukronalik, mehr oqibat bayrami – Ramazon hayiti bilan barcha soha xodimlarini tabriklaymiz. Eng ezgu tilaklar hamroh bo‘lishini tilab, oilaviy xotirjamlik va muvafaqiyatlar bardavomligini so‘rab qolamiz.
Ehtirom bilan,
“Matbuot tarqatuvchi” AK aksiyadorlari va mehnat jamoasi