8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiya qabul qilingan kun

07.12.2023

     1992 yil 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyamizning qabul qilingan kuni.
     Bosh qonunimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha Soha xodimlari va yurtdoshlarimizni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
     Yurtimiz tinchligi osmonimiz musaffoligi hech qachon bizni tark etmasin. Zero, qomusiga amal qilgan halq kelajagi buyuk bo‘ladi. Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.
                                           Ehtirom bilan,
          “Matbuot tarqatuvchi” AK aksiyadorlari va mehnat jamoasi

Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami muborak bulsin.

01.09.2023

     Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni hamda sohada faoliyat yuritayotgan barchani chin qalbimizdan tabriklaymiz. Oilaviy xotirjamlik, osoyishta hayot va qut baraka hech qachon yurtimizni tark etmasin.

                                                                   Hurmat bilan,
                                                          “Matbuot tarqatuvchi” AK
                                                     aksiyadorlari va mehnat jamoasi

2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

03.07.2023

                              

     Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Joriy yil  2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 31yil to‘ldi.
      Barchangizni ushbu kun bilan qutlaymiz!
     Ma’lumki, davlat ramzlari, ya’ni davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasi har bir mamlakatning xalqaro munosabatlardagi milliy timsoli va ramzi sifatida muhim siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu ramzlarsiz davlatning mustaqilligini va uning xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni va rolini tasavvur etib bo‘lmaydi.
     2022 yilning 7 iyunida O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unda davlatimiz gerbiga oid ahamiyatli yangiliklardan o‘z ifodasini topdi.
     Qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda davlat ramzlaridan tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) reklama qilish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlandi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi