“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-sentabrdagi “Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 418-sonli qaroriga asosan “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlari negizida tashkil etildi. Kompaniya davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘z faoliyatini 2000-yil aprel oyidan boshladi. Mazkur kompaniyani tuzishdan asosiy maqsad Respublika bo‘yicha vaqtli matbuot nashrlarini tarqatuvchi tuzilmani tashkil etishdir.
Sizni saytimiz orqali 'Internet obuna' ga taklif qilamiz. Siz 2016 yil uchun istagan nashrga bir zumda obuna bo'lish imkoniyatiga egasiz. To'lovlar 'CLICK' orqali amalga oshiriladi. Ushbu tez va qulay obuna vositasi sizga ma'qul bo'ladi degan umiddamiz.
Telefon: 71-233-75-49 Faks: 71-233-43-24 Qabul qilish kunlari: Har kuni 08:00 – 11:00 (Shanba va yakshanbadan tashqari) Elektron manzil: info@akmt.uz
Kompaniya umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi;
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O'zbekiston Respublikasining sohaga taalluqli qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va farmoyishlariga, hukumat qarorlari va farmoyishlariga, kompaniya Ustaviga, kompaniya aksiyadorlari umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashi qarorlariga asoslanib ish yuritadi va ushbu qarorlarning ijro etilishini tashkil qiladi;
Kompaniya tizimining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish ishiga rahbarlik qiladi;
Kompaniya tasarrufidagi sho'ba korxonalar ishiga bevosita rahbarlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi, rahbarlarini, bosh buxgalterlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Kuzatuv Kengashi qaroriga muvofiq belgilangan tartibda sho’ba korxonalarning amaldagi ustavlariga o'zgartirishlar kiritish, sho’ba korxonalarni tashkil etish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida buyruqlar qabul qiladi, bajarilishini ta'minlaydi;
Kompaniya tarkibiga kiruvchi mas'uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatini boshqarishda, Kompaniyaning jamiyat ustav fondidagi ulushi asosida ishtirok etib Kompaniya manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi;
Kadrlar hamda mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishga, buxgalteriya, personalni boshqarish bo'limi, maxsus ishlar xizmati, bosh yuriskonsult va ofis-menedjer xizmatiga bevosita rahbarlik qiladi;
Kompaniya ulushi mavjud bo'lgan tashkilot va jamiyatlarga kompaniyaning ishonchli vakillarini tayinlab, kompaniyaning manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi;
Kompaniya kasaba uyushmasi bilan jamoa shartnomasi tuzilishida Ish beruvchi sifatida ishtirok etadi;
Sohaga yuklangan vazifalar bajarilishini tashkil etish, kompaniya markaziy apparati hamda kompaniya tasarrufidagi korxonalar ishlari uchun javobgar hisoblanadi.