“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-sentabrdagi “Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 418-sonli qaroriga asosan “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlari negizida tashkil etildi. Kompaniya davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘z faoliyatini 2000-yil aprel oyidan boshladi. Mazkur kompaniyani tuzishdan asosiy maqsad Respublika bo‘yicha vaqtli matbuot nashrlarini tarqatuvchi tuzilmani tashkil etishdir.
Quyidagilar "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari etib belgilangan:
"Sharq" NMAK bilan gazeta jurnallarni ekspedisiya qilish va "Halqaro pochtamt" filiali bilan Respublika viloyatlariga samolyot, temir yo'l va avtomobillar orqali yetkazib berishni amalga oshirish bo'iicha shartnomalar tuzilgan.
Kompaniya har yili O'zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida tarqatiladigan gazeta, jurnallar va kitoblar katalogini chop etadi. Katalogga 350 dan ortiq vaqtli matbuot nashrlari va kitoblar kiritilgan. Obunani har hil narhlarda rasmiilashtirilib, abonent qutisiga yoki manzilga yetkazib beriladi. Bundan tashqari kompaniya o'zining mahsus "Matbuot" kiosklariga ega. Mijozlar bu kiosklarda obunani rasmiylashtirish va o'zlari olish imkoniyatiga ega. Ushbu kiosklarda obuna rasmiylashtirish arzon narhlarda amalga oshiriladi.
Tarqatiladigan gazeta va jurnallarda doimiy ravishda respublikamizda ro'y berayotgan islohatlar, voqea-hodisalar, hukumat qarorlari, madaniyat va sport yangiliklari chop etiladi. Bularning barchasi O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashayotgan mushtariylarning respublika mustaqillikka erishganidan so'nggi o’zgarishlarni bilishlariga hizmat qiladi.