Toshkent viloyati “Matbuot tarqatuvchi” SHK xodimlari bilan yig’ilish o’tkazildi
2017 yilning 15 noyabr kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent viloyati “Matbuot tarqatuvchi” shu’ba korxonasi xodimlar, tuman bo’lim boshliqlari hamda ichki audit xodimlari bilan kompaniyaning majlislar zalida yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishni kompaniya Savdo bo’yicha direktori D.S.Safarov ochib berdi. Yig’ilishda bir nechta masalalar ko'rib chiqildi. Shu jumladan, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish, yuzaga kelgan qarzdorlik sabablarini puxta o’rganib, uni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish hamda korxonani yanda rivojlantirish masalalariga to’xtalib o’tildi.
Shuningdek, chakana savdo tizimini yanada rivojlantirish, kiosklarda qo'shimcha xizmat turlarini joriy etish, konselyariya mahsulotlari bilan ta'minlash va ularni barqaror ishlashiga erishish masalalari ko’rib chiqildi.
Yig’ilishda so’zga chiqqanlar qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.