Tahririyat vakillari bilan uchrashuv
Joriy yilning 04 aprel kuni, “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi majlislar zalida kompaniya xodimlari, kiosk sotuvchilar va bir qator hamkor tahririyat mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kompapniya Bosh direktori D.Safarov ochib, bugungi kunda chakana savdo tarmog‘i orqali mushtariylarga tarqatilayotgan davriy bosma nashrlar tahlili natijalari bilan tanishtirdi.
Yig‘ilish davomida, mushtariylar bilan bevosita muloqot qiluvchi kiosk sotuvchilarining savdo hajmi tushib ketayotgan yoki aksincha ko‘tarilayotgan nashrlar borasida fikr mulohazalari bilan yana bir bor o‘rtoqlashildi. Tashrif buyurgan “Darakchi”, “Darakchi-plus” va “So‘g‘diyona” nashrlari tahririyatlari mas’ullariga mushtariylarning nashrlarda chop etilayotgan materiallar yuzasidan bildirgan fikrlari, nashrlarga munosabatlari va takliflari yetkazildi.
Shuningdek, mehmonlar tahririyatlarning kelajakdagi rejalari bilan yig‘ilganlarni tanishtirib, bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda rejalarga yana bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi borasida ma’lum qilishdi.