“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”
21 oktabr O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan, 19 oktabr kuni “Matbuot tarqatuvchi” AK majlislar zalida kompaniya xodimlari ishtirokida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Kompaniya Bosh direktori D.S.Safarov ochib, Respublikamizda davlat tili qabul qilinishi, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi haqida tushuncha berdi.
Yig‘ilishga taklif etilgan “Oila va tabiat” gazetasi tahririyati Bosh muxarriri Husniddin Berdiyev “Ona tili - millat qadriyati” mavzusida yig‘ilganlarga ma’ruza qildi.
“Oila va tabiat” gazetasi tahririyati bo‘lim mudiri- filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G‘ulom Bobojonov, qadimiy ajdodlarimiz ishlatgan so‘zlarning kelib chiqishi va hozirgi kundagi ahamiyati haqida qisqacha ma’lumot berdi.