“Matbuot tarqatuvchi” AK Kuzatuv kengashi yig‘ilishi
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi Kuzatuv kengashining 2022 yil 3 noyabr kuni yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi, jumladan:
- “Matbuot tarqatuvchi” AKning 2022 yil uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha biznes-reja asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarining bajarilishi, kompaniyaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari qizg‘in bahs munozaralar bilan muhokama qilindi. Shuningdek “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining bir qator viloyat korxonalaridan kelib tushgan masalalar ham muhokamalar qilinib, yechimi bo‘yicha takliflar berildi. Yig‘ilish yakunida tegishli qaror chiqarildi.