Kompaniya kiosk sotuvchilari bilan yig’ilish o’tkazildi
2017 yilning 30 oktabr kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv apparati, kiosk sotuvchilari hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo'linmasi vakili S.Akbarov bilan birgalikda kompaniyaning majlislar zalida yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishni kompaniya Savdo bo’yicha direktori D.S.Safarov ochib berdi. Yig’ilishda 2017 yilda “Matbuot tarqatuvchi” AK hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo'linmasi bilan hamkorlikda davriy nashrlarni tarqatish sohasidagi xizmat sifatini yaxshilash va murojaatlarni oldini olish bo'yicha olib boriladigan seminar va profilaktika rejalari, “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi “Matbuot” kiosklarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligi bo'yicha o'tkazilgan o'rganishlar natijalari, nashrlarni qabul qilish tartibiga to'liq amal qilgan holda gazeta va jurnallarni kiosk sotuvchisining shaxsan o'zi qabul qilib olishi, nashrlarni qabul qilish va savdo mablag’larini belgilangan tartibda topshirish qonun qoidalariga to'liq rioya qilgan holda rasmiylashtirib qabul qilish va topshirish hamda “Matbuot” kiosklarida 2018 yilgi obuna mavsumini uyushqoqlik bilan olib borish masalalari ko'rib chiqildi.
Shu jumladan, «Matbuot» kiosklarida sotiladigan vaqtli matbuot nashrlari assortimenti, kiosklarni bezash va nashrlarga monitoring o'tkazish, savdo qilish jarayonida amaldagi qonunchilikka rioya qilish masalalari ko’rib chiqildi.
Yig’ilishda so’zga chiqqanlar qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Manba: Axborot xizmati