Bayram tadbiri
Bugun, 27 iyun "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasida bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbirni kompaniya Bosh direktori ochib, Prezidentimizning "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi farmonini yig'ilganlarga o'qib eshittirdi.
Tadbir davomida kompaniyada uzoq muddat halol va fidokorona mehnat qilgan, mehnati bilan kompaniya va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasi rivojiga o'zining salmoqli xissasini qo'shgan, davriy matbuot nashrlarini aholiga chakana tarqatishda yuqori ko'rsatkichlarga erishayotgan bir qator xodimlar TASHAKKURNOMA hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.