21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 32 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, jumladan hamkasblarimiz va hamkorlarimizni tabriklaymiz.
Darhaqiqat ona tilimizni rivojlantirishga oid kuplab ishlar qilinmoqda. Mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini yanada yuksaltirish, bu boradagi amaliy ishlar, tadqiqotlarni rivojlantirish, zarur qo‘llanma, lug‘atlar, ilmiy-ma’rifiy manbalarni yaratish, uning targ‘ibotini kuchaytirish borasida jadal ishlar olib borilmoqda.
Barchani yana bir bor O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi sanasi bilan qutlaymiz.