Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Matbuot tarqatuvchi” MChJlari faoliyati o‘rganildi
Joriy yil 5-10 iyun kunlari Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Matbuot tarqatuvchi” MChJlar faoliyati manzilga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayoniga, o‘zaro tajriba almashish maqsadida, Farg‘ona viloyati “Matbuot tarqatuvchi” MChJ bosh hisobchisi jalb qilindi. Hududlardagi muammolar o‘rganilib, ularning yechimlari bo‘yicha boshqa viloyat MChJlari misolida muqobil yechimlar muhokama qilindi. Faoliyat bo‘yicha har bir xodim bilan do‘stona fikr almashildi. Shuningdek mahalliy nashrlar tahririyatlariga ham tashrif buyurib, “Matbuot tarqatuvchi” MChJlar bilan qilinayotgan shartnomaviy hamkorliklar, hamkorlikdagi muammo va masalalar, umuman hamkorlikni yanada mustahkamlashdagi qilinishi lozim bo‘lgan ishlar borasida kelishib olindi.
Barcha masalalar atroflicha o‘rganilib mahalliy hokimlik vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi, masalalar yechimi borasida takliflar bildirildi.