Tadbir
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022 yil 27 sentabrdagi xatiga asosan, joriy yilda 3-9 oktabr kunlari "Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat" degan g‘oya ostida o‘tkazilayotgan "Keksalar haftaligi" da 2022 yil 5 oktabr kuni "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasida uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan mehnat faxriylari taklif qilinib "Kasbim faxrim" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi va faxriylarga esdalik sovg‘alari berildi.
Kompaniyada hozirgi kunda faoliyat yuritib kelayotgan katta yoshdagi xodimlar o‘rtasida shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, g‘olib va ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.