Obuna 2023 ga hozirlik.
“Matbuot tarqatuvchi” AK majlislar zalida 2022 yil 8 sentabr kuni kompaniya xodimlari ishtirokida yangi “Obuna 2023” mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish va kun tartibidagi bir qator masalalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kompaniya Bosh direktori D.Safarov ochib, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Shuningdek o‘tgan safargi tezkor yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha mas’ullar hisoboti tinglandi. O‘tgan yilgi obuna mavsumida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar takrorlanmasligi, shuningdek nashrlarni mushtariylarga o‘z vaqtida yetkazib berish masalalari ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida tegishli qaror chiqarildi.