“Matbuot tarqatuvchi” AKda yig’ilish o'tkazildi
2016 yilning 18 aprel kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv apparati hamda kiosk sotuvchilari bilan kompaniyaning majlislar zalida yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishni kompaniya Bosh direktor 1-muovini B.S.Kubeyev ochib berdi. Yig’ilishda bir nechta masalalar ko'rib chiqildi. Shu jumladan, «Matbuot» kiosklarida sotiladigan vaqtli matbuot nashrlari assortimenti, kiosklarni bezash va nashrlarga monitoring o'tkazish, savdo qilish jarayonida amaldagi qonunchilikka rioya qilish masalalariga to’xtalib o’tildi.
Yig’ilishda so’zga chiqqanlar qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.