“Matbuot tarqatuvchi” AKda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida 2017 yil 20 avgust kuni O’zbekiston Respublikasining 27 yilligi munosabati bilan kompaniya ishchi-xodimlari hamda kiosk sotuvchilari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirni «Matbuot tarqatuvchi» aksiyadorlik kompaniyasi Savdo bo'yicha direktori D.S.Safarov kirish so'zi bilan ochdi. U O’zbekistonda mustaqillik yillarida sohada erishilgan yutuqlar to’g’risida qisqacha to'xtalib o'tdi hamda barcha yig'ilish qatnashchilarini O’zbekiston Respublikasining 27 yilligi bayrami bilan muborakbod etdi.
Kompaniya kasaba uyushma qo'mitasi raisi M.Adilova bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy hamda siyosiy islohotlar to'g'risida nutq so'zladi va kompaniya xodimlarini tabrikladi.