“Matbuot tarqatuvchi” AKda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida 2015 yil 1 dekabr kuni “Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz, farovonligimiz kafolati” mavzusida kompaniya ishchi-xodimlari hamda kiosk sotuvchilari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

   “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida 2015 yil 1 dekabr kuni “Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz, farovonligimiz kafolati” mavzusida kompaniya ishchi-xodimlari hamda kiosk sotuvchilari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
   Tadbirni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi Bosh direktori S.U.Najbiddinov kirish so'zi bilan ochdi ва barcha yig’ilganlarni yaqinlashib kelayotgan 8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan tabrikladi hamda so'z navbatini O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasi deputati Shuxrat Tog’aymurodovich Polvonovga berdi.
    O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasi deputati Shuxrat Tog’aymurodovich Polvonov so'zga chiqib, kompaniya ishchi-xodimlari hamda kiosk sotuvchilarini yana bir bor yaqinlashib kelayotgan 8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan muborakbot etdi hamda “Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz, farovonligimiz kafolati” mavzusida ma'ruza o'qidi. U o'zining ma'ruzasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kuni, uning o'tgan 23 yil mobaynida qay darajada shakllanganligi hamda Konstitutsiyamizning moddalarida keltirib o’tilgan fuqarolar huquq va burchlari haqida tinglovchilarga ma’lumot berib o’tdi.


   Tadbir so'ngida, tadbir ishtirokchilari o'zlarining qiziqtirgan savollari bilan ma'ruzachiga murojaat qilishdi hamda o'z savollariga kerakli va tushunarli to'liq javoblar olishdi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi