"Matbuot tarqatuvchi" AKda "AKT sohasida iqtisodiyot" kafedrasi filiali tashkil qilindi
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasida 2016 yil 30 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori U.R.Hamdamov, o’qituvchilar, talabalar hamda Kompaniya Bosh direktori S.U.Najbiddinov, rahbariyat va xodimlar bilan birgalikda yig’ilish o’tkazildi hamda O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015 yil 25 dekabrdagi 335-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida “Matbuot tarqatuvchi” AKda “AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasi filialining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishni Kompaniya Bosh direktori S.U.Najbiddinov kirish so’zi bilan ochib berdi. Yig’ilishda so’zga chiqqanlar o’zlarining fikrlarini bildirdilar va hozirda olib borilayotgan ishlar kelajakda soha korxonalarida nazariya va amaliyotni bog’lash uchun asos bo’lib xizmat qilishini ta’kidladilar.
“AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasi filialini ochish bo’yicha TATU va “Matbuot tarqatuvchi” AK o’rtasida shartnoma imzolangan bo’lib, kafedra filialining nizomi va o’quv-uslubiy ish rejasi tasdiqlandi.