“Matbuot tarqatuvchi” AK hamda TATU talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida nazariy hamda amaliyotning uyg’unlashuvini ta’minlash maqsadida 2017 yilning 4 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining katta majlislar zalida “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati hamda AKT sohasida Iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Ushbu yig’ilishda “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasy Bosh direktori S.U.Najbiddinov so’zga chiqdi va Kompaniya faoliyati to’g’risida maruza o’qidi. U o’z ma’ruzasida Kompaniyaning tashkil etilishi, uning tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari faoliyati yo’nalishlari, Kompaniyaning 2017-2020 yillarga rejalashtirilayotgan asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida batafsil malumot berdi.
Shuningdek, “Matbuot tarqatuvchi” AK axborot texnologiyalari xizmati boshlig’i D.M.Kamolov so’zga chiqdi va Kompaniyada hujjatlar ijro intizomi, Virtual qabulxona orqali keladigan murojaatlar hamda elektron hujjat aylanishi nazoratini tashkil qilish to’g’risida ma’ruza o’qidi.
Ushba ma’ruzalardan so’ng, talabalarning ma’ruzaga hamda Kompaniya faoliyatiga doir fikr va mulohazalari tinglandi hamda berilgan savollarga Kompaniya vakillari tomonidan javob berildi.
Yig’ilish so’ngida Kompaniya tomonidan TATU talabari uchun tashkil etilgan “Bilimdonlik viktorinasi” savola-javob tarzida o’tkazildi hamda savollarga to’g’ri javob bergan va ma’ruzada faol qatnashgan talabalarga sovg’alar topshirildi.