Kiosk sotuvchilari hamda tahririyatlar vakillari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi
2018 yilning 26 mart kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida boshqaruv apparati, kiosk sotuvchilari, “TV Park” tahririyati Bosh direktori M.Q.Adilov, ta’sischi D.Dultayeva hamda “Salomatlik sirlari” tahririyati rahbari K.Musurmonov, Bosh muharrir L.Qandaxorova ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishni kompaniya Savdo bo’yicha direktori D.S.Safarov ochib berdi. Yig’ilishda bir nechta masalalar ko'rib chiqildi. Shu jumladan, «Matbuot» kiosklarida sotiladigan vaqtli matbuot nashrlari assortimenti, kiosklarni bezash va nashrlarga monitoring o'tkazish, savdo qilish jarayonida amaldagi qonunchilikka rioya qilish masalalariga to’xtalib o’tildi.
Yig’ilishda so’zga chiqqanlar qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.