Kiosk sotuvchilar ishtirokida yig‘ilish
2022 yil 17 oktabr kuni “Matbuot tarqatuvchi” AK majlislar zalida kompaniya xodimlari va “Matbuot” kiosk sotuvchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kompaniya bosh yuriskonsulti A.B.Qosimov ochib, kiosk sotuvchilarining masala va muammolari tinglab, masalalar yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ushbu mavsumni muammolarsiz o‘tkazish, kioskdagi elektr uskunalarni ko‘zdan kechirish, sovuq va yog‘ingarchilik mavsumiga tayyorgarlik choralari tushuntirildi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan Kompaniyaning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi yo‘riqchisi A.Norqulov, kiosk sotuvchilariga ish vaqti davomida mehnat muhofazasi talablariga rioya qilish hamda elektr isitish uskunalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi talablariga alohida e’tibor qaratish borasida tegishli tushunchalar berdi.