“GROSS Insurance” sug‘urta tashkiloti vakillari bilan hamkorlik
“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi majlislar zalida “GROSS Insurance” sug‘urta tashkiloti vakillari bilan hamkorlik va yangi loyihalar bo‘yicha ishlash, zamonaviy bozor talablaridan kelib chiqqan holda iste’molchilar talab va istaklarini inobatga olgan holda yangi xizmat turlarini ko‘rsatish borasida muzokaralar o‘tkazildi.
“GROSS Insurance” sug‘urta tashkiloti vakili Jahongir Bakiyev, “GROSS Insurance” sug‘urta tashkiloti borasida, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yo‘nalishlari borasida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek tomonlar, ikki tashkilot manfaat hamda imkoniyatlari bir joyda to‘qnashsa, yanada kengroq jabhalarda faoliyat yuritish imkoniyati yuzaga keladi degan fikrda to‘xtalishdi. Yakunda tez kunlarda hamkorlik borasida amaliy ishlar qilishga kelishildi.