Aloqachilar kasb bayrami
7 – may "Aloqachilar kasb bayrami kuni" sifatida keng nishonlaniladi. Aloqachilar kasb bayramini nishonlash uchun ushbu sana bejiz tanlanmagan. Maʼlumki, 1895 yil 7 may kuni Aleksandr Popov birinchi radiopriyomnikni loyihalashtirdi va simsiz aloqa asosida birinchi seansni amalga oshirdi. Ushbu sana yillar davomida aloqachilar kasb bayramini nishonlanishiga asos boʼldi.
Shu munosabat bilan, “Matbuot tarqatuvchi” AK aksiyadorlari va mehnat jamoasi yurtimizda aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan soha mutaxassislarini chin qalbimizdan tabriklaymiz.