8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN TABRIKLAYMIZ!
Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda qizlari! Barchangizga nafis bahor, go‘zallik va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin! Sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizda to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, shodu- xurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilaymiz. Siz hamisha el-yurt ardog‘idasiz. Sizning salomatligingiz, baxtingiz, sha’n va oringiz biz uchun ko‘z qorachig‘idek azizdir.
Hurmat va ehtirom bilan,
“Matbuot tarqatuvchi” AK
aksiyadorlari va mehnat jamosi.