27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
O‘zbekiston tarixida “Taraqqiy” gazetasi ilk bor dunyo yuzini ko‘rgan kun – 27 iyun sanasi «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» sifatida 1993 yildan buyon nishonlanib kelinmoqda.
Bugungi zamonamizda dunyo qarashi shakllangan inson borki, axborot oqimining shiddatini yaxshi his qiladi. Binobarin, tezkor axborot har qanday qalin devorlar, g‘ovlar, mustahkam chegaralarni yorib o‘tishga qodir. Axborot almashinuv jarayoni esa bugunga kelib faqatgina biron-bir voqea-hodisa yuzasidan ma’lumot yetkazish, kishilarni yangilik yoki o‘zgarishlardan voqif etish vositasiga emas, balki maqomi yanada yuksalib, hayot ehtiyojiga aylandi.
Eng samimiy va yaxshi tilaklarni tilagan holda, sohaning barcha xodimlarini ushbu kun bilan Muborakbod etamiz.
Hurmat va ehtirom bilan
«Matbuot tarqatuvchi» AK
aksiyadorlari va mehnat jamoasi