1-oktabr – O‘qituvchi va Murabbiylar kuni
1-oktabrni «O‘qituvchi va Murabbiylar kuni» etib belgilash borasida O`zbekiston Respublikasi prezidentining 1996 yil 27 dekabrdagi 367-I-son Qarori asosida ushbu bayram nishonlanib kelinmoqda.
Darhaqiqat, har bir inson, qayerda ishlamasin, qanday kasb egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, mustaqil hayotga yo‘llagan insonni hurmat bilan esga oladi.
Aziz Ustozlar – Barchangizni qutlug‘ ayyom – O‘qituvchi va Murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Farzand va shogirdlaringiz baxti va kamolini ko‘rish doimo sizlarga nasib etsin. Mashaqqatli va sharafli mehnatingizda ulkan yutuqlar, xonadoningizga doimiy xotirjamlik va sihat-salomatlik tilab qolamiz. Aziz ustozlar, mo‘tabar murabbiylar!!!